16:17 / 29.10.2015
6219

Namanganda shaxsiy mashinalarda kira qilinishi natijasida kuniga 80 mln naqd pul aylanishi aytildi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashidagi deputatlik guruhi viloyatdagi yo‘lovchi transporti bilan bog‘liq muhim masalani muhokamaga qo‘ydi, deb ma'lum qiladi “Diyonat” gazetasi.

Viloyatda yo‘nalishsiz taksilar faoliyatining ishtiroki kamaygani bois aholiga xizmat ko‘rsatishni shaxsiy shaxsiy avtotransport egalari amalga oshirmoqda. Buning natijasida kattagina miqdordagi moddiy mablag‘ning bankdan tashqarisida aylanishiga sabab bo‘lmoqda. Bu holat, o‘z navbatida, mahalliy hokimiyatning tashvishiga sabab bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, litsenziyasiz bunday faoliyatni amalga oshirayotgan kirakashlarning umumiy miqdori viloyat miqyosida 1.5 mingni tashkil qiladi. bir kunda o‘rtacha 70-80 mln so‘m naqd pul bankdan tashqarida aylanadi.

Hukumatning 2011 yilgi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirgan pallada bunday xizmatlarni amalga oshirayotgan 49ta korxona mavjud bo‘lib, hozirlikda ularning soni 16taga tushib ketgan, ularga biriktirilgan yo‘nalishsiz taksilar soni esa 79tadir. O‘z-o‘zidan tushunarliki, ular butun aholiga tegishlicha xizmat ko‘rsata olmaydi.

Yig‘ilishda bu qaror ijro etilishidagi kamchiliklar muhokama qilindi.

Top