17:45 / 29.10.2015
4393

OAV: Istanbulda IShIDning 15 nafar jangarisi qo‘lga olindi

Turkiya huquq-tartibot xodimlari o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida Istanbul shahrida IShID a'zosi bo‘lgan 15 nafar jangari hibs qilindi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar qilgan.

10 oktabr kuni Anqara shahrida yuz bergan va 100 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan ketma-ket ikki teraktdan so‘ng Turkiya xavfsizlik kuchlari IShID jangarilariga qarshi qat'iy kurash choralarini ko‘rmoqda.

29 oktabr kuni Istanbuldagi 28ta manzil bo‘yicha (Bashakshehir va Bog‘dichilar) qidiruv-tintuv harakatlari o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlar Oqsaroy tumanidagi shifoxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Top