14:36 / 29.10.2015
2864

O‘zbekistonlik karatechilar Yevroosiyo birinchiligida 20dan ortiq medal olishdi

26 oktabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida karate bo‘yicha Yevroosiyo birinchiligi o‘tkazildi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 7ta oltin, 12ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 18 nafar sportchi bilan ishtirok etdi (6 yoshdan 17 yoshgacha).

Jumladan, Shohjahon Jo‘rayev kumite bahslarida oltin, kata bahslarida kumush medalga egalik qildi. Shuhratjon Hasanov esa kata va kumite bahslarida tengsiz deb topildi. Sharofat Mamatqulova va Ozod Ismoilov esa kumite bo‘yicha birinchi bo‘lishdi.

Top