11:28 / 29.10.2015
9012

Samarqand avtoxo‘jaligidagi tartibsiz hayot yoki yo‘lovchilarning poymol bo‘layotgan huquqlari qachon tiklanadi?

Bugun Samarqand viloyatida shahar yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi yirik avtoxo‘jalikda haydovchi yetishmasligi tanqisligi kuzatilmoqda. Har bir garajda texnik ta'mirdan o‘tgan avtobuslar bor, ular xizmat ko‘rsatishga tayyor, biroq ularni boshqaruvchi haydovchi yo‘q... Bu haqda 12news.uz hikoya qiladi.

Sobiq haydovchilar o‘z o‘rinlarini nega tark etishgani haqida so‘ralganda, barcha haydovchilar bir xil — rahbariyat kunlik tushum miqdorini oshirganligini javob qilib ko‘rsatishdi. Ammo masala boshqa yerdaligi ko‘rinib turibdi.

Haydovchilar avtobuslar yangi bo‘lgan paytlarida ularni boshqarishgan, eskirgach esa, ishlarini tashlab ketishgan. Bunday vaziyatlar tez-tez uchrab turadi, yakunga kelib esa mashinalarni qayddan o‘chirishga to‘g‘ri keladi.

Bu holatda avtoxo‘jalik rahbariyatining ham aybi bor. Yozilgan arizalarga baravariga qo‘l qo‘ygandan ko‘ra, tushumni biroz kamaytirgan yaxshiroq bo‘lardi.
Bugun 60 dan 100 tagacha bo‘lgan avtomashina ishsiz yotibdi. Shunga qaramay ularga to‘lanadigan soliq to‘lab bo‘lingan.
Ikki yildan buyon avtoxo‘jalik PFK (Parkdan foydalanish koeffitsiyenti)ga amal qilmaydi. PFK avtokorxonaning ishlab turganligini anglatuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo bu yerda avtobuslar o‘ta ayanchli holatda, avtobuslar salonida yo‘lovchi o‘rindiqlari singan, aksari hollarda yo‘lovchilar o‘rindiqlar temiriga o‘tirishga majbur bo‘lishadi.

Rahbariyat, shuningdek, xo‘ajlik ishlariga ham beparvo. Mashinalar kimga tegishli ekanligini anglash qiyin, ularning manzili ko‘rsatilinmagan. Masalan, 52-raqam avtoulovi haydovchisi telefon orqali kim bilandir baland ovozda gaplashib boradi. Salonda ayollar va bolalar bo‘lishiga qaramay qo‘poldan-qo‘pol so‘kinadi…
Yoki bo‘lmasa, o‘zlarini “konduktor” etib ko‘rsatgan kishilar yo‘lovchilarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lishadi, avtoulov qachon yurib, qachon to‘xtashi haqida buyruq qilishadi. Haydovchilar o‘zaro poyga uyushtirishadi, xullas kalom bu yerda o‘ta tartibsizlik amalda. Eng ayanchlisi shundaki, bu ishlarning bari, avtoxo‘jalik rahbarlarining tegishli yig‘inlar, majlislar o‘tkazmayotgani, bu ishlarga befarq qarayotganidadir.

Nahotki rahbariyatning mavjud muammolarga yuzlanib, ularni bartaraf etishga ishtiyoqlari bo‘lmasa? Axir go‘zal Samarqandning barcha jabhasida go‘zallik namoyon bo‘lishi kerak emasmi?

Top