21:50 / 29.10.2015
6732

Saudiyalik artist muxlisalari bilan selfi tushgani uchun hibsga olindi

Saudiya Arabistoni poytaxtida qirollikdagi mashhur akter va teleboshlovchi Abdulaziz al--Kassar hibsga olindi. (AbdulAziz al-Kassar). Hibsga sabab qilib shahardagi savdo markazida artistni o‘nlab fanat qizlar o‘rab olganligi ko‘rsatilmoqda. Ular artist bilan suratga tusha boshlashgan. Keyinroq, teleboshlovchi o‘z mikroblogida bir hafta avval o‘z ishqibozlaridan qirollik poytaxti ar Riyoddagi eng yaxshi savdo markazi qaysiligini so‘raganini, ular esa Al Nakheel´ga borishni tavsiya etishganini bildirgan. Akter ishqibozlari ham paydo bo‘lishini hisobga olmay, ularga keyingi jum'a kuni o‘sha yerga borishini ma'lum qilib qo‘ygan. Aytilgan kunda ishqiboz qizlar akterni o‘rab olishib, selfiga tusha boshlagan paytda diniy politsiya xizmati akterni chetga olib chiqib ketgan. Hibsdan sal o‘tib, al Kassarga qizlar bilan uchrashishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, hamda jamoat tartibini buzish ayblari qo‘yilgan.

Manba: yangidunyo.uz

Top