23:30 / 29.10.2015
3053

Sheremetevoda ushlangan suriyalik qochqinga nisbatan jinoiy ish ochildi

Sheremetevo aeroportining tranzit zonasidagi suriyalik qochqinga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Rossiya federal migratsiya xizmati boshlig‘ini Konstantin Romodanovskiy ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Suriyalik qalbaki hujjat bilan chegarani noqonuniy buzganlikda gumon qilinyapti. Romodanovskiyning ta'kidlashicha, Suriya fuqarosi tergov ostida bo‘lib turgan bir paytda, unga boshpana masalasini ko‘rib chiqish mumkin emas.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya xizmati sud hukmidan keyingina “unga Rossiya hududidan boshpana berish masalasini qayta ko‘rib chiqadi”. Agar ijobiy hukm chiqarilsa, u qochqinlar uchun tashkillashtirilgan markazlardan biriga olib borib joylashtiriladi.

10 sentabr kuni Sheremetevoga Iroq va Suriya pasportiga ega to‘rt farzandli ega oila keldi. Ular qarindoshlari yashaydigan Samaraga borishni rejalashtirishgan edi. Bojxona tekshiruvidan o‘tishayotganda, ular boshpana so‘rashgan. Rossiya federal migratsiya xizmati xodimlari ularni tekshirib ko‘rishganda, pasportlari qalbaki bo‘lib chiqqan edi.

Top