17:47 / 30.10.2015
2884

"Aqlli" soatlarda Nintendo konsoli o‘yinlarini ishga tushirish imkoni yaratildi

Hacking Jules dasturchilar guruhi Nintendo 64 konsoli o‘yinlarini Android Wear soatlarida ishga tushirishni ta'minlovchi emulyator yaratdi, deb yozmoqda Slashgear.

Dasturchilarning ma'lum qilishicha, “aqlli” soatlarda Mario 64 va The Legend of Zelda: Ocarina of Time kabi o‘yinlarni ishga tushirish mumkin.  O‘yinni ishga tushirish qiyinchilik tug‘dirmasa-da, uni kichkina ekranda o‘ynash hamda gadjyet quvvatining tez tugashi foydalanuvchiga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. 

Top