15:45 / 30.10.2015
2621

«Barselona» o‘z muxlislariga Kataloniya mustaqilligi uchun kurashish ramzini anglatuvchi bayroqlardan foydalanishga ruxsat beradi

Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi o‘z muxlislariga uchrashuv paytida Kataloniya mustaqilligi uchun kurashish ramzini anglatuvchi bayroqlardan foydalanishga ruxsat bermoqchi va UYeFA tomonidan qo‘yiladigan talablarga bo‘ysunmoqchi emas. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, «Barselona» Yevropa chempionlar ligasining BATEga qarshi uy uchrashuvida (4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi) xuddi shunday turdagi 20 mingta bayroqlardan foydalanish uchun muxlislarga sharoit yaratib bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar «ko‘k-anorranglilar» muxlislarning mazkur ko‘rinishdagi bayroqlardan foydalangani uchun UYeFA tomonidan ikki marotaba jazolanishga ulgurishgan.

Top