17:29 / 30.10.2015
3885

"Barselona" yangi hujumchi xarid qilmoqchi

"Barselona" qishki transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Sport.es xabariga ko‘ra jamoa rahbariyati xarid qilinishi mumkin bo‘lgan 10 nafar futbolchilardan iborat "short list" tuzib chiqqan.

Ushbu ro‘yxatda gollandiyalik tajribali futbolchi, ayni vaqtda "Feyyenoord" a'zosi bo‘lgan Dirk Kyuyt va "San Paulu" hujumchisi Aleshandro Pato nomlari ham bor.

Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar Lionel Messi, Luis Suares va Neymarning o‘rniga zaxiradan tushib, o‘ynay oladigan futbolchi qidirmoqda.

26 yoshli Patoning transfer huquqi "Korintians"ga tegishli bo‘lib, uning o‘zi "Barselona"da zaxira futbolchisi bo‘lishga rozi.

Pato joriy mavsum "San Paulu" safida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. Unga Angliyaning "Vest Hem" jamoasidan ham qiziqish mavjud.

Kyuyt esa Gollandiya Erediviziyasidagi 10ta o‘yinda 10ta gol urish orqali kataloniyaliklarning e'tiborini jalb qilgan.

Top