16:10 / 30.10.2015
2349

Egey dengizida 2ta qayiq halokatga uchrab, 21 kishi cho‘kib ketdi

Gretsiya hukumati tomonidan ma'lum qilinishicha, 29 oktabr kuni Egey dengizida qochqinlar mingan 2ta qayiq halokatga uchradi va 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qayiqdagilar Turkiyadan Gretsiyaga yetib olishga harakat qilgandi.

Xabarda aytilishicha, qayiqlardan biri Kalimnos oroli yaqinida cho‘kkan. Undagi 138 kishi qutqarib olingan, 18 kishining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Yana bir qayiq Rodos oroli yaqinida halokatga uchragan.

BMT tomonidan ma'lum qilinishicha, shu yil boshidan beri Gretsiyaga dengiz orqali 500 mingdan ortiq qochqin kirib kelgan.

Top