Turkiya va Rossiyada Suriya inqiroziga nisbatan turlicha qarashlar bor. Ammo bu holatni mamlakatlar o‘rtasida qarama-qarshilik bor, deb tushunmaslik kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Kanal 24” telekanaliga ma'lum qilgan.
"Biz iqtisodiy va strategik shartnomalar imzolaganmiz. Bizda turli qarashlar bor, ammo ularni qarama-qarshilik, deb talqin qilish mutlaqo noto‘g‘ri. Masalan, ko‘pchilik Rossiyaga nisbatan g‘ayri munosabatda bo‘lib turgan bir vaziyatda, biz munosabatlarimizni iliq ushlab turibmiz”, - deb ta'kidlagan prezident.
Yana u shuni alohida ta'kidlaganki, “Turkiya Rossiyaga havo hududidan foydalanishga izn bermaydi. Rossiya buni hisobga olib kelgan va bundan keyin ham hisobga oladi”.