07:03 / 30.10.2015
3238

Florida shtatida samolyot uchish-qo‘nish polosasida yonib ketdi

Dynamic International Airways aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchilari samolyot AQShning Florida shtati Fort-Loderdeyl shahridagi aeroportning uchish-qo‘nish polosasida qisman yonib ketgandan keyin evakuatsiya qilindilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.   

AQSh Fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasining ma'lum qilishicha, samolyot Fort-Loderdeyl/Xollivud aeroportidan bevosita havoga ko‘tarilishi oldidan undan yonilg‘i oqib chiqa boshlagan.   

CNN telekanali bir kishi voqea joyidan zambillarda olib ketilayotganini namoyish qildi. Boeing 767 samolyoti Venesuelaga ketayotgan bo‘lgan.

Top