20:54 / 30.10.2015
16336

Haqoratlarga qolgan hijobsiz suratga tushgan eronlik aktrisa qilmishidan pushaymon emas

Eron hukumati aktrisa Sadaf Taxerian o‘z Instagram dagi sahifasida xijobsiz suratlarini qo‘ygani sabab uning mamlakatdagi faoliyatini taqiqlab qo‘ydi, deb yozmoqda The Independent.

Ancha vaqt muqaddam Taxerian Eron qonunlariga muvofiq ravishda ro‘mol o‘rangan holda tushgan suratlarini omma e'tiboriga havola etgandi. Ammo o‘tgan hafta aktrisa tomonidan boshi ochiq holatda bo‘lgan suratlar e'lon qilindi. Tablet shousida bergan intervyusida u Eron hukumati qonunlari va xijobga qarshi chiqishini aytib o‘tgan.

Eron hukumatining aytishicha,boshiga ro‘mol o‘ramagan ayol atrofdagilarning e'tiborini o‘ziga jalb qiladi va hatto begona erkaklarning unga tajouz qilishiga sababchi bo‘ladi. Ammo bu borada aktrisaning fikri o‘zgacha. Uningcha ayollar o‘z istagan liboslarini kiyishlariga haqli.

Eron madaniyat vazirligining ta'kidlashicha, Taxerian G‘arb madaniyati ta'sirida shunday yo‘l tutgan. Ayolning xatti-harakatlarini ahloqsiz deb atagan va uning litsenziyasidan mahrum etishlarini talab qilgan. Sadaf Taxerianga nisbatan ko‘plab haqoratlar yog‘ilgan, ammo aktrisa qilgan ishidan afsusda emas.

Top