18:56 / 30.10.2015
22548

Jahondagi eng yomon shaharlar ro‘yxati e'lon qilindi

Aqshning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalaridan biri, inson resurslari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi ORC Worldwide kompaniyasi BusinessWeek nashri uchun 20 ta eng yomon shahar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatda Afrika, Janubiy Osiyo, Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarining shaharlarini uchratish mumkin.

1. Lagos, Nigeriya
Umumiy baho: Xavfning eng yuqori darajasi
Tizimli muammo: infraqurilma, jinoyat.
Asosiy muammolar: iflosgarchilik, kasallik, antisanitariya, sog‘liqni saqlashning past darajasi, sifatli mahsulotlar va xizmatning yo‘qligi.
Boshqa muammolar: iqlim, ta'lim olishning past darajasi, geografik uzoqlik, siyosiy zo‘ravonlik va qatag‘on.

2. Jakarta, Indoneziya
Umumiy baho: xavfning eng yuqori darajasi
Asosiy muammolar: iflosgarchilik, kasallik, antisanitariya, sog‘liqni saqlashning past darajasi, sifatli mahsulotlar va xizmatning yo‘qligi.
Boshqa muammolar: iqlim, ta'lim olishning past darajasi, siyosiy zo‘ravonlik va qatag‘on.

3. Ar Riyod, Saudiya Arabistoni
Umumiy baho: xavfning eng yuqori darajasi
Tizimli muammolar: siyosiy qatag‘on, inson huquqlarining poymol bo‘lishi.
Asosiy muammolar: dam olish va ko‘ngilochar joylarning yo‘qligi.
Boshqa muammolar: iqlim, ta'lim olishning past darajasi, kasallik, geografik uzoqlik.

4. Olmaota, Qozog‘iston
Umumiy baho: xavfning eng yuqori darajasi
Asosiy muammolar: iflosgarchilik, antisanitariya, sog‘liqni saqlashning past darajasi, geografik uzoqlik.
Boshqa muammolar: iqlim, qayta ishlash, ta'lim olishning past darajasi, infraqurilma, kasallik, dam olish va ko‘ngilochar joylarning yo‘qligi.

5. Mumbay, Hindiston
Umumiy baho: xavfning eng yuqori darajasi
Asosiy muammolar: iflosgarchilik, kasallik, antisanitariya, sog‘liqni saqlashning past darajasi, geografik uzoqlik.
Boshqa muammolar: iqlim, ta'lim olishning past darajasi, infraqurilma.

Ro‘yxatdan joy olgan boshqa shaharlar:

6. Nyu-Deli, Hindiston
7. Nayrobi, Keniya
8. Bogota, Kolumbiya
9. Xoshimin, Vetnam
10. Chennai, Hindiston
11. Xanoy, Vetnam
12. Guanchjou, Xitoy
13. Tyantszin, Xitoy
14. Suchjou, Xitoy
15. Tsindao, Xitoy
16. Shenchjen, Xitoy
17. Bangalor, Hindiston
18. Qohira, Misr
19. Kiyev, Ukraina
20. Santo Domingo, Dominikan respublikasi

Top