20:43 / 30.10.2015
3583

Mutko: Rossiyaning JCh mezbonligini sirli kelishuv orqali qo‘lga kiritgani haqidagi gap yolg‘on

Rossiya FIFA bilan 2018 yilgi mundial mezbonligi huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha "sirli savdo" olib bormagan. Bu haqda Rossiya futbol vaziri Vitaliy Mutko ma'lum qildi.

Bugun, FIFA prezidenti Yozef Blatter The Financial Times nashriga bergan intervyusida JCh-2018 mezbonligi ovoz berish tizimini qalbakilashtiruvchilar va tashkilot rahbarlari o‘rtasidagi sirli savdolar evaziga Rossiyaga olib berganini ma'lum qildi.

Blatterning so‘zlariga ko‘ra, JCh-2018 va JCh-2022 ikkita yetakchi davlat — Rossiya va AQShga olib berilishi kerak bo‘lgan. Biroq so‘nggi daqiqalarda o‘sha paytda Fransiya prezidenti lavozimida o‘tirgan Nikolya Sarkozi UYeFA prezidenti Mishel Platinini AQShni emas, Qatar variantini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirgan.

"Biz o‘zimizga muammolar paydo qilamiz. Aniq va isbotsiz gaplar. Agar bu intervyuni tahlil qiladigan bo‘lsak, ingliz matbuoti Blatterning gaplarini buzib talqin qilganini ko‘rishimiz mumkin. Axir hech qanday kelishuv bo‘lmagan", deydi Mutko.

"Menda bitta ovoz berish huquqi bo‘lgan va bundan o‘z istagim bo‘yicha foydalanganman. Boshqa jihatlar haqida gapirishni istamayman. Aytishim mumkinki, ingliz va ispan tilida gaplashiladigan 7ta davlat vakillari bizga qarshi ovoz bergandi. Shunday holatda qanday kelishuv bo‘lishi mumkin? Axir G‘arbni bilasizku. Masalan, ular bugun Rossiyaning do‘sti faqat Eron va Suriya ekani haqida aytishdi. Ular uchun eng asosiysi bizni ayblash", deya qo‘shimcha qiladi Mutko.

Top