11:35 / 30.10.2015
2733

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasida fitosanitar nazorat rasman bekor qilindi

Yevrosiyo iqtisodiy qo‘mitasi Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi fitosanitar nazoratni bekor qildi. Rasman bu holat “Qirg‘iz Respublikasi karantin fitosanitar nazorat tizimini baholash, shuningdek, sanitar-epidemiologik nazorat tizimi bilan tanishish natijalarini ma'qullash to‘g‘risida”gi qarorda mustahkamlandi.

Hujjatda ta'kidlanishicha, Qozog‘iston va Qirg‘iziston taqdim etgan ma'lumotlarni inobatga olgan holda komissiya ushbu qarorni qabul qilgani ta'kidlab o‘tildi.
Qaror rasman chop etilganidan 30 kun o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.

Top