09:29 / 30.10.2015
2400

Qirg‘izistonda 4 fraksiya parlamentda koalitsiya yaratishga kelishib olishdi

Qirg‘izistonda 4 fraksiya parlamentda koalitsiya yaratishga kelishib olishdi. Bu haqda 24.kg sayti xabar bermoqda.

Aytilishicha, alyansga Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi, “Qirg‘iziston”, “Onug‘uu-Progress” va “Ota Makon” partiyalari kiradi. “Respublika – Ota Jurt” va “Bir Bo‘l” partiyalari muxolifatda qoladi.

“Barqarorlik, ishonch hamda QR Jo‘qorg‘i Kengeshidagi yangi imkoniyatlar” deb nomlangan koalitsiya bo‘yicha rasmiy kelishuv hujjati 2 noyabrda imzolanadi.

Top