09:12 / 30.10.2015
3535

Toshketda 93 mln so‘mlik sigareta kontrabandasi to‘xtatib qolindi

Toshkentdagi “Toshkent AERO” punkti xodimlari joriy yilning 9 oyi mobaynida tamaki mahsulotlari kontrabandasining 45 faktini qayd qilishgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Ta'kidlanishicha, bu operativ tadbirlar davomida umumiy qiymati 93 mln so‘mni tashkil qiladigan jami 16 ming quti sigareta ushlab qolingan.

Toshkent-Istanbul reysiga chiqayotgan S. Ahmedovning yuklari tekshirilganida O‘zbekiston aksiz markalari tushirilgan 500 quti Kent sigaretalari topilgan. Yo‘lovchi ularni deklaratsiyaga kiritmagani bois ular musodara qilindi.

Sh. Botirov esa Moskvaga uchib ketishida 400 quti Pall Mall sigaretalarini olib ketmoqchi bo‘lgan. Sharja-Toshkent reysi bo‘yicha poytaxtga tashrif buyurgan A. Saidakbarovning yuklari ichidan esa umumiy qiymati 31 mln so‘m bo‘lgan 2 310 quti Parliament sigaretalari topildi.

Bu voqealar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top