11:48 / 30.10.2015
2810

Visa Inc. kompaniyasi Visa Europe to‘lov tizimini sotib olish uchun muzokaralar olib bormoqda

Amerikaning Visa Inc. kompaniyasi Yevropaning Visa Europe to‘lov tizimini 22 mlrd dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
“Ushbu bosqichda ishonchli muzokaralar olib borilgani yo‘q. Visa Europe ham ilgarigidek o‘z biznesini rivojlantirishda davom etmoqda”.

Ma'lum bo‘lishicha, ushbu kelishuv yakuni 2015 yilning oktabr oyi oxirida mo‘ljallangan. Ana shunda Visa operatsion to‘lovlari tizimi yagona kompaniya boshqaruvi ostida faoliyat yuritadi. Agar kelishuvlar amalga oshadigan bo‘lsa, bu haqda kompaniya 2015 yilning 2 noyabr kuni, o‘zining kvartal hisobotlarini taqdim etadigan sanada ma'lum qiladi.

Top