09:54 / 30.10.2015
2916

Volvo yo‘ldagi kengurular haqida ogohlantiruvchi tizimni sinovdan o‘tkazmoqda

Volvo avtokonserni Avstraliya sharoitlari uchun maxsus, kengurular bilan to‘qnashish oldini olishga qaratilgan tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.

Kompaniya xabarida aytilishicha, bu tizim radarga ulangan kamera orqali yo‘l tasvirini olishi va xavfli holat haqila ogohlantiruv yetkazishdan iborat. Obekt juda yaqindaligi haqidagi bunday ogohlantirishdan keyin mashina avtomatik ravishda to‘xtatiladi.

Avstraliyadagi sug‘urtachilarning ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kengurular tez-tez YTHga sabab bo‘lib turishadi. Kompaniyaning yangi texnologiyasi esa har yili minglab shunday YTHlardan saqlashi va sug‘urta xarajatlarini qisqartirishi kutilmoqda.

Top