Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasining Korfovskiy aholi punktidagi 3 qavatli uyda maishiy gaz portlashi tufayli 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda TASS nashri ma'lum qildi.
"Vayronalar ostidan odamlarni chiqarib olish ishlari davomida chaqaloq murdasi topildi. Shu tariqa qurbonlar soni 5 nafarga yetdi", deydi manba.
Ushbu portlashga uyda istiqomat qiluvchilardan birining markaziy gaz ta'minotiga noqonuniy ravishda ulangani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.