17:26 / 30.10.2015
7339

Yil boshidan buyon 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotgani yoki milliy mentalitetimizga mos kelmasligi sababli 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi.

Bu haqda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqaxxorov Kun.uz saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, 2015 yilning 10 oyi davomida markaziy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan 25ta klipda ommaviy madaniyatni targ‘ib qilish, milliy mentalitetimizga zid holatlar aniqlangani sababli ular namoyishi bekor qilindi.

Jumladan, Jasur Umirov, Lola Yo‘ldosheva, Camir singari xonandalarning qo‘shiqlariga ishlangan kliplar efirdan olindi.
Mazkur intervyuning to‘liq matnini yaqin vaqtlar ichida saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Top