18:16 / 31.10.2015
2736

Dzyudo: Abu Dabida boy berilgan imkoniyatlar

Abu Dabida bo‘lib o‘tayotgan sportning dzyudo turi bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi musoboqaning ikkinchi bellashuvida O‘zbekiston sportchilari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

-73 kilogramm vazn toifasida Sharofiddin Boltaboyev ilk bellashuvda meksikalik sportchi Samuel Ayalani mag‘lubiyatga uchratdi. Sportchimiz ikkinchi jangini jahon reytingida yetakchilik qilayotgan ozarbayjonlik Rustam Orujyevbilan olib bordi. Uchrashuv qiziqarli kechdi. Jang yakunida sportchimizga texnik mag‘lubiyat yozildi va Boltaboyev musobaqadagi o‘z ishtirokini yakunladi.

-81 kilogramm vaznda tatamiga tushgan Yahyo Imomov ilk bellashuvdayoq chexiyalik Yaromir Musilga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ayollar o‘rtasidagi bahsda Gulnoza Matniyozova ham dastlabki jangdayoq litvalik Migle Dudenaitega yengildi.

Top