15:19 / 31.10.2015
11187

Eng xavfsiz samolyotlar reytingi

XABARDOR.UZ - Tez-tez sodir bo‘latgan aviahalokatlarni hisobga olib, o‘quvchilarimizga eng ishonchli va xavfsiz yo‘lovchi samolyotlar ro‘yxatini nashr etmoqdamiz. Qo‘rqmasdan uching!

So‘nggi paytlarda aviahalokatlar hatto 20 asrdagiga qaraganda ham ko‘p sodir bo‘lmoqda. Aerobuslarning qulashi ba'zilarda boshqa transport turlaridan foydalanishga undamoqda.

Aslida, statistikaga qaraganda samolyot – eng xavfsiz transport turidir. Qanotli mashinalarning ba'zi turlari jiddiy hodisalarga umuman duch kelmagan. Aynan qaysilari deysizmi? Bunga Londondagi Ascend sug‘urta maslahatchisi va BusinessWeek nashri tomonidan keltirilgan ma'lumotlar asosida tuzilgan reyting oydinlik kiritadi. Alohida ta'kidlash joizki, terrorizm bilan bog‘liq aviahalokatlar statistikada hisobga olinmagan.

Samolyotlar halokatlar kamayib borishi tartibida joylashtirilgan. Oddiy so‘z bilan aytganda, mazkur holatda har bir turdagi samolyotning ishlab chiqarilgan miqdori, har bir muayyan samolyotning umumiy uchish vaqti va aviakompaniyalarda foydalanish muddatlari katta ahamiyatga ega. 

30 yildan so‘ng eng xavfsiz samolyot xavfli yoki o‘ta xavfli razryadiga aylanadi. Bundan tashqari, laynerni qaysi kompaniya ishlatayotganini unutmaslik lozim: mohir qo‘llarda stul ham balalaykaga aylanadi. Uchinchi dunyo mamlakatlari tomonidan foydalanilgan har qanday samolyot bilan muammo yuzaga kelishi mumkin.

Demak e'tiboringizga eng xavfsiz samolyotlar reytingini havola qilamiz.

1. Boeing 777

Transaero kompaniyasi Boeing 777-300 samolyoti

Avialayner 1995 yildan beri ishlab chiqarilmoda, 748 samolyot qurilgan. Rasmiy reytingga qaraganda  umumiy 20 million soat uchish vaqtida bitta ham halokat sodir bo‘lmagan. Ammo bir necha avariya holatlari yuz bergan. Ulardan ikkitasi muvaffaqiyatli yakun topgan, bittasida esa 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ammo 2014 yilda ikki sirli yo‘qolish tufayli mashina yetakchilikni qo‘ldan boy berdi: 8 martda Malayziya "Boeing"i Hind okeanida g‘oyib bo‘ldi, 17 iyulda esa aynan shu turdagi samolyot Ukrainada urib tushirildi (ammo yuqorida terroristik akt va urush natijasidagi halokatlarni hisobga olmaslikka kelishib oldik).

2. Airbus A340

Lufthansa kompaniyasining Airbus A340-600 samolyoti

Avialayner 1993 yildan beri chiqarilmoqda, 341 ta samolyot qurilgan. 13,5 million soatlik umumiy uchish vaqtida hammasi bo‘lib beshta avariya holati sodir bo‘lgan. Hech kim aziyat chekmagan.

3. Airbus A330

Aeroflot kompaniyasining Airbus A330-200 samolyoti

Avialayner 1993 yildan beri chiqarilmoqda, 577 ta samolyot qurilgan. Turli holatlarda hammasi bo‘lib sakkizta samolyot yo‘qotilgan. 1994 yilda Tuluzada sodir bo‘lgan ilk avariya holati ekipajning barcha a'zolari o‘limi bilan yakunlandi. 2009 yilda Atlantika okeanida sodir bo‘lgan boshqa halokat esa  (hisob bo‘yicha beshinchisi) ekipajning barcha a'zolari va 228 nafar yo‘lovchini hayotdan olib ketdi. Halokat sababi noma'lum. 2005 yilda Tripolidagi qo‘nishga kirishda bortdgi 104 yo‘lovchidan 103 nafari halok bo‘ldi. Bu turdagi barcha samolyotlar 14 million soatdan ortiq uchgan, shuning uchun reytingning uchinchi o‘rnini haqqoniy ravishda egallab turibdi.

4. Boeing 747

1985 yil Tokiodagi Boeing 747 halokatining kompyuterda rekonstruksiya qilinishi

Avialayner 1970 yildan beri chiqarilmoqda. Hozirda 941 ta shu turdagi samolyotdan foydalanilyapti. 17,5 million soatga bitta halokat to‘g‘ri keladi. Ushbu seriyadagi samolyotni ekspluatatsiya qilish davomida (40 yildan ortiq) umumiy hisobda 51 samolyot yo‘qotilgan va 18 ta halokat o‘lim bilan yakun topgan. Ulardan eng yirigi 1985 yilda sifatsiz ta'mirlash (bu samolyotning ishonchliligi bilan unchalik bog‘liq emas) sababli Tokioda yuz bergan: uchuvchilar boshqaruvni yo‘qotishgan va tog‘ bilan to‘qnashib ketishgan. Bortdagi 524 odamdan 520 nafari halok bo‘lgan.

5. Boeing 737 NG

Boeing 737-900 aviakompanii Alaska Airlines v raskraske Disneyland

Boeing 737-900 Alaska Airlines aviakompaniyasinig Disneyland fonida buyalgan samolyoti. Foto: Wikipedia

Avialayner 1997 yildan buyon ishlab chiqariladi. Ekspluatatsiyada 2 623 samolyot mavjud. 17 mln soatga halokat to‘g‘ri keladi. Boeing 737 – eng ommaviy va zamonaviy yo‘lovchi samolyotidir. U faqat uch marta halokatga uchragan.

6. Boeing 767

Roman Abramovichning Boeing 767-300ER samolyoti

Avialayner 1982 yildan beri chiqarilmoqda. 879 ta samolyot ekspluatatsiya qilindi. 15,5 million soatga bitta halokat to‘g‘ri keladi. Boeing 767 uzoq davom etuvchi reyslar orasida eng mashhur samolyotlardan biri. Ammo 2012 yil ma'lumotlariga qaraganda, umumiy hisob bo‘yicha ushbu turdagi 15 ta samolyot yo‘qotilgan. Halokatlar 851 nafar odamning hayotiga zomin bo‘ldi. 

7. Airbus A320

Aeroflot aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti

Avialayner 1988 yildan buyon chiqarilmoqda. 3 600 ortiq (A319 va A321 bilan birgalikda) samolyot ekspluatatsiya qilinmoqda. 15 million soatga bitta halokat to‘g‘ri keladi, hammasi bo‘lib 33 ta samolyot yo‘qotilgan. Eng yirik avariya 199 odamni hayotdan olib ketdi. Bu turdagi samolyot uchun 2006 yil eng yomon yilga aylandi: o‘shanda to‘rtta mashina yo‘qotildi, ulardan uchtasi Bryussel aeroporti angarida yonib ketdi (hech kimga zarar yetmagan). Fransiya Alplaridagi ikkinchi uchuvchi harakatlari bilan sodir bo‘lgan, shov-shuvli so‘nggi halokatdan tashqari undan keyin yana biri sodir bo‘ldi: 2015 yilning 29 martida Kanadada samolyot og‘ir qo‘nishni amalga oshirdi, natijada 23 nafar yo‘lovchi jarohat oldi.

8. Boeing 757

American Airlinesning Boeing 757 samolyoti

Avialayner 1982 yildan beri chiqarilmoqda. Hozirda 973 ta samolyotdan foydalanilmoqda. 15 million soatga bitta halokat to‘g‘ri keladi. Hammasi bo‘lib ushbu turdagi sakkizta samolyot yo‘qotilgan (sakkizta fojyeadan uchtasi nosozliklar sababli sodir bo‘lgan). 11 sentabrda ushbu turdagi ikkita mashina Vashington va Pensilvaniyada terroristlar tomonidan bosib olingan. Yana bir mashina Boden ko‘li ustida dispetcher aybi bilan Tu-154 bilan to‘qnashib,  halokatga uchragan.

9. Boeing 737 CFMI

Avialayner 1984 yildan beri chiqarilib keladi. 1 760 samolyotdan foydalanilmoqda. 5,5 million uchish soatiga bitta halokat to‘g‘ri keladi. Umumiy hisob bilan olib qaraganda, 174 ta layner yo‘qotilgan, 3 835 nafar odam halok bo‘lgan. Mazkur turdagi laynerlar 110 marta terroristlar tomonidan qo‘lga olingan, yirik jinoyat harakatlariga duch kelgan (masalan, olib qochish), natijada 500 ta odam halok bo‘lgan. Eng yirik halokat 2008 yilning 14 sentabrida Rossiyaning Perm shahrida mashina shahar chekkasida temiryo‘lga qo‘laganida sodir bo‘lgan edi. 

10. McDonnell-Douglas MD-11

FedEx  tomonidan foydalaniluvchi McDonnell Douglas MD-11F yuk samolyoti

Avialayner 1990 yildan beri chiqarilmoqda. 187 ta samolyot ekspluatatsiya qilinmoqda. 4 million soat uchish vaqtiga bitta halokat to‘g‘ri keladi. Hammasi bo‘lib ushbu turdagi 10 ta samolyot yo‘qotilgan. Fojyealarda 245 nafar odam halok bo‘lgan.

Demak, yuqoridagi reyting yordamida qaysi turdagi samolyotlar xafvsiz ekanini aniqlab oldik.

Top