Isroil harbiylari Sinay yarimorolida halokatga uchragan Rossiya samolyotini qidirish ishlarida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
“Isroil harbiylari Misrga yo‘qolgan samolyotni havodan qidirishga ko‘maklashib, o‘z qo‘shnilariga qo‘shimcha yordamlarini taklif etmoqda”, - deya ma'lum qildi Isroil mudofaa armiyasi vakili Petr Lerner.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.