21:03 / 31.10.2015
4681

KUN.UZ dayjesti: 31 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 31 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Ruminiya prezidenti xavfsizlik me'yorlarining inkor qilinganligi tungi klubda yuz bergan fojiaga sabab bo‘lganini aytdi>>

Ruminiya hukumati 31 oktabrga o‘tar kechasi Buxarestda tungi klubda yuz bergan fojiadan saboq olishlari kerak, deb aytdi jurnalistlarga mamlakat prezidenti Klaus Yoxannis “Kollektiv” tungi klubida yong‘inda jabrlanganlar yetkazilgan shifoxonaga tashrifidan so‘ng.

Argentinada davlat universitetlariga kirish imtihonlari bekor qilindi>>

Argentina Senati davlat universitetilariga kirish imtihonlari o‘tkazishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda 30 oktabr kuni Nacion gazetasi xabar qildi.

Pekin va Seul iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishib oldi>>

Xitoy va Janubiy Koreya Seul shahrida XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyanning Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.

Argentinaga kreditorlar uchun 6 milliard dollarlik qo‘shimcha to‘lov majburiyati yuklandi>>

Nyu-York sudi Argentina hukumatiga uning obligatsiyalariga egalik qilayotgan kreditorlar bilan kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etish uchun 6,1 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yukladi, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

Milanda olti oy davom etgan “Ekspo-2015” jahon ko‘rgazmasi yakuniga yetdi>>

2015 yilning 1 may kuni tashrif buyuruvchilarga o‘z eshiklarini ochgan o‘ziga xos “Ekspo-2015” ko‘rgazmasi o‘z ishini yakuniga yetdi. Yarim yil davomida mazkur ko‘rgazmaga 20 million nafardan ziyod kishi tashrif buyurdi.

Saudiya Suriya muvaqqat hukumati to‘g‘risidagi talablarini ma'lum qildi>>

Suriyada siyosiy islohotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan milliy muvaqqat kengash yarim yil davomida shakllantirilishi lozim. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr ushbu bayonot bilan chiqdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

OAV: Avstraliya noqonuniy muhojirlarni Qirg‘izistonga joylashtirmoqchi>>

Avstraliya hukumati 1500 nafardan ziyod noqonuniy muhojirlarni hozirgi turgan joyidan Qirg‘izistonga ko‘chirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Australian xabar berdi.

Rossiyada vafot etgan 5 oylik tojik bolaning o‘limi sabablari aniqlandi>>

30 oktabrda Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosiga 5 oylik Umarali Nazarov jasadining tahlili natijalari keldi. Shifokorlarning dastlabki tashxisi tasdiqlandi – bola o‘tkir respirator virusli infeksiyadan vafot etgan. 

Afg‘onistonda aviazarbalar berilishi davomida “Tolibon”ning 12 nafar jangarisi yo‘q qilindi>>

Afg‘onistonning markaziy qismidagi G‘azniy viloyatiga aviazarbalar berilishi oqibatida “Tolibon”ning kamida 12 nafar jangarisi yo‘q qilindi, deb xabar berdi 31 oktabrda viloyat gubernatori Muhammad Amam Hamimning aytgan so‘zdariga iqtibos keltirgan holda Sinxua agentligi.

AQSh Suriyadagi yer usti maxsus operatsiyalari rejalari haqida ma'lumot berdi>>

AQSh Suriyaga IShID terrorchilariga qarshi kurashish uchun maxsus kuchlar yubormoqda. Bu haqda Associated Press agentligiga davlat rahbari ma'muriyatidagi yuqori lavozimdagi mansabdor shaxs xabar berdi.

Bosh shtab Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyada bir oy davomidagi ishlari bo‘yicha bayonot berdi>>

Rossiya aviaguruhi Suriyada bir oy davomida terrorchilarga qarashli 1623ta obektni yo‘q qildi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi. Guruh tarkibiga kiruvchi samolyotlar 1391ta parvozni amalga oshirgan.

Rossiya samolyotining aviahalokatidan hech kim omon qolmadi>>

Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti yo‘lovchilari orasidan hech kim tirik qolmadi. Bu haqda Misr hukumati manbasiga asoslanib, Assoshieyted Press agentligi xabar bermoqda.

Putin 1 noyabrni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi>>

Prezident Vladimir Putin Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti sabab 1 noyabrni mamlakatda motam kuni, deb e'lon qildi. Mamlakat rahbari shu mazmundagi qarorga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda Kreml rasmiy sayti.

AQSh Suriyada Iroq haqida qayg‘urgani uchun jang qilmoqda>>

AQSh Suriyada Iroq borasida qayg‘urayotgani sababli urush olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi Josh Ernest 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

Obamaning partiyadoshlari uning Suriyaga maxsus qo‘shinlarni yuborganini tanqid qilishdi>>

AQSh Demokratik partiyasi a'zolari 30 oktabrda AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriyaga maxsus qo‘shinlarni yuborishga qaror qilganini tanqid qilishdi. 

Prezident: ayrim kuchlar Qirg‘iziston davlatini avvalgidek zaif deb hisoblamoqda>>

Terrorizm Qirg‘iziston jamiyatiga bevosita tahdid solmoqda. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev huquqni himoya qilish organlari xodimlariga murojaatida ushbu so‘zlarni aytib o‘tdi.

Top