13:47 / 31.10.2015
8680

Manba: Halokatga uchragan Rossiya samolyoti uchuvchisi Qohiraga qo‘nishni so‘ragan

“Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg” reysi bo‘yicha parvoz qilib, halokatga uchragan Rossiya samolyotining uchuvchisi parvozga ko‘tarilganidan so‘ng texnik nosozlik sababli yo‘nalishni o‘zgartirish va Qohira aeroportiga qo‘nishni so‘ragan.

Bu haqda RIA “Novosti” agentligi Sharm ash-Shayx aeroportidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, parvozga ko‘tarilganidan keyin uchuvchi dispecher bilan bog‘lanib, texnik nosozlik to‘g‘risida xabar bergan va Qohira aeroportiga qo‘nishni so‘ragan. Shundan so‘ng aloqa yo‘qolgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top