13:10 / 31.10.2015
4436

Misr bosh vaziri Rossiya samolyotining yo‘qolgani sababli barcha tashriflarini bekor qildi

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil Sinay yarimorolida Rossiya yo‘lovchi samolyotning qulagani to‘g‘risidagi xabarlar sababli 31 oktabrga rejalashtirilgan barcha tashriflarini bekor qildi, deya xabar bermoqda Misrning MeNA axborot agentligi.

Ismoil vaziyat ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oldi. U favqulodda holatlarni bartaraf etish bilan mashg‘ul xizmatlar rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq RIA “Novosti”ning Rosaviatsiya agentligidagi axborot manbasi Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan, Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 laynerining parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qolgani haqida xabar qilgan edi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Misrning "Youm7" internet-portali xabariga ko‘ra, samolyot bo‘laklari Sinay yarimoroli markazida aniqlangan.

Top