20:18 / 31.10.2015
3324

Misrda falokatga uchragan Rossiya samolyoti parvozdan oldin tekshiruvdan o‘tgani aytildi

Misrda 31 oktabrda ertalab falokatga uchragan Airbus 321 yo‘lovchi samolyoti talab darajasidagi texnik tekshiruvdan o‘tgan, deb aytdi Misr aeroportlari bo‘yicha kompaniya rahbari Odil Mahg‘ub. Bu xaqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Samolyotning texnik tekshiruvi o‘tkazilgan va uning parvozga yaroqligi tasdiqlangan”, deb aytdi Mahg‘ub.

Mahg‘ubning aytishicha, tekshiruv paytida hech qanday nosozlik aniqlanmagan. Uning ta'kidlashicha, ayni paytda Sharm-al-Shayhga texnik mutaxassislar guruhi jo‘natilgan. Ular samolyotning aeroportda turgan paytidagi holati haqidagi ma'lumotlarni, xususan videokuzatuv kameralaridan yozib olingan yozuvlarni yig‘ishadi.

Avvalroq misrlik mutaxassislar samolyotni parvoz oldidan tekshirmaganlari ma'lum qilingandi.

Top