10:12 / 31.10.2015
3908

Norvegiyalik ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi

Norvegiyalik Goran Olsen Xaukeli qishlog‘iga safari davomida ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi, deb yozmoqda The Huffington Post.
Qilichning uzunligi 76 sm. bo‘lib, toshlar orasida bo‘lgan. Mutaxassislar uning yoshini 1200 yil deb baholashdi.

Ma'lum qilishlaricha, qilich yaxshi saqlangan. Faqatgina asrlar davomida yoqqan qor va namlik oqibatida uning tepa qismi zang bilan qoplangan.

Mutaxassislardan birining ta'kidlashicha, quroldan hozir ham foydalanasa bo‘ladi, buning uchun uning chetlarini o‘tkirlash kerak xolos. Boshqa bir mutaxassisning ma'lum qilishicha, vikinglarning qilichi, ular vafot etgach, qabrlariga qo‘shib ko‘miladi. Shu bois qilich topilgan yerda viking qabri ham bo‘lishi mumkin.

Top