14:26 / 31.10.2015
4708

OAV: Qutqaruvchilar Rossiya samolyotining halokatga uchragan ehtimoliy joyini aniqlashdi

Qutqaruvchilar Rossiya samolyotining Sinay yarimorolidagi al-Arishadan janubroqda halokatga uchraganini aniqladi. Bu haqda Misr Aviatsiya vazirligi ma'lum qildi.

"Harbiy samolyotlar samolyot parchalarini aniqlashdi... tog‘li hududda, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni favqulodda holat hududidan evakuatsiya qilish maqsadida 45 dona tez tibbiy yordam mashinasi yo‘naltirildi”, - deya iqtibos keltirmoqda Misr davlat agentligi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top