12:17 / 31.10.2015
3248

O‘zbekiston-Italiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 2 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Italiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Italiya Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Mikele Valensize boshchilik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 26 sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasi ishida ishtiroki doirasida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Paolo Jyentiloni bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish, jumladan, navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlarni va hamkorlikning qo‘shma institutlari majlislarini o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan edi.

Top