09:41 / 31.10.2015
2760

Pentagon: AQShning maxsus qo‘shinlari so‘nggi oy davomida Suriyaning shimolida bo‘lishadi

Pentagon rahbari Eshton Karter Suriyaga yuboriladigan qo‘shimcha kuchlar haqidagi ma'lumotni inkor etmadi.

"Biz hayotda o‘z samarasini berayotgan metodlar bo‘yicha harakat qilishda davom etamiz, - dedi ayni damda ish yuzasidan Alyaskada bo‘lib turgan vazir. – Biz IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan guruhlarga yordam berishning yangi va zamonaviy usullarini o‘ylab topamiz hamda ularni rivojlantiramiz”.

Karterning ta'kidlashicha, AQSh Suriyaga yuboriladigan maxsus qo‘shinlarning qanday rol o‘ynashini o‘rganishda davom etadi.

Uning ishonch bilan aytishicha, Suriya shimoliga jo‘natilayotgan harbiylarni yuqori xavf kutib turibdi.

"Bizning mahalliy qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashdagi fundamental rolimiz va strategiyamiz harbiylarimizni xavf ostiga qo‘yadimi? Ha, shubhasiz”, - dedi vazir.

Top