20:56 / 31.10.2015
3313

Reuters: Airbus 321 samolyoti texnik nosozlik tufayli falokatga uchragan

“Kogalymavia” aviakompaniyasiga tegishli samolyotning Misrda falokatga uchragan joyining dastlabki tekshiruvidan keyin olingan ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot texnik nosozlik tufayli falokatga uchragan. Bu haqda Misrning Shimoliy Sinay viloyati xavfsizlik xizmatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Avvalroq Airbus kompaniyasi Fransiyaning falokatlarni tergov qilish byurosi va samolyotning falokatini tergov qilishga javob beruvchi rasmiylarga har tomonlama texnik ko‘mak berishi ma'lum qilingandi.

Samolyot qoldiqlari Misrning Sinay yarimorolining markaziy qismida topilgan. Ma'lum qilinishicha, samolyotdagi barcha odamlar halok bo‘lgan.

Top