20:39 / 31.10.2015
23177

Rossiya ko‘z yoshlarga ishonmaydi, ammo...

Bugun Rossiya tarixidagi eng qora kunlardan bo‘ldi. Bugun rus onalariyu otalarining, aka-ukalaru opa-singillarning, sevikli yorlaru farzandlarning nigohi osmonning qat-qatiga manguga tikilib qoldi...

Quyida voqealar rivoji bilan tanishishingiz mumkin

Sharm-Ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi>>

Rosaviatsiya agentligining xabar berishicha, "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Airbus Larnaki tumani hududida radarlar ekranidan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi xabar berdi.

Misr bosh vaziri Rossiya samolyotining yo‘qolgani sababli barcha tashriflarini bekor qildi>>

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil Sinay yarimorolida Rossiya yo‘lovchi samolyotning qulagani to‘g‘risidagi xabarlar sababli 31 oktabrga rejalashtirilgan barcha tashriflarini bekor qildi, deya xabar bermoqda Misrning MeNA axborot agentligi.

Reyter: Misr Rossiya samolyotning qulab tushganini rasman tasdiqladi>>

Misr hukumati Rossiya samolyotning Sinay markaziy qismida qulab tushganini rasman tasdiqladi, deya xabar bermoqda Reyter agentligi.

Manba: Halokatga uchragan Rossiya samolyoti uchuvchisi Qohiraga qo‘nishni so‘ragan>>

“Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg” reysi bo‘yicha parvoz qilib, halokatga uchragan Rossiya samolyotining uchuvchisi parvozga ko‘tarilganidan so‘ng texnik nosozlik sababli yo‘nalishni o‘zgartirish va Qohira aeroportiga qo‘nishni so‘ragan.

OAV: Qutqaruvchilar Rossiya samolyotining halokatga uchragan ehtimoliy joyini aniqlashdi>>

Qutqaruvchilar Rossiya samolyotining Sinay yarimorolidagi al-Arishadan janubroqda halokatga uchraganini aniqladi. Bu haqda Misr Aviatsiya vazirligi ma'lum qildi.

TV: Misr bosh vaziri yo‘lovchi samolyoti qulagan joyga yo‘l oldi>>

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil yo‘lovchi samolyoti qulagan joyga yo‘l oldi. Bu haqda Misr televideniyesi xabar qildi.

Putin A321 falokatida olamdan o‘tganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misrning Sinay yarimorolida halokatga uchragan Airbus-321 laynerining vafot etgan yo‘lovchilari yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda Kreml xabar qildi.

Sinayda halokatga uchragan Rossiya samolyotining “qora quti”lari topildi>>

Misrning Sinay yarimoroli hududida falokatga uchragan Rossiya yo‘lovchi samolyotining “qora quti”lari aniqlandi, deya xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.

Rossiya Premer-ligasining 14-tur o‘yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi>>

Futbol bo‘yicha Rossiya Premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan barcha o‘yinlar Misrda halokatga uchraganlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlanishi bilan boshlanadi. Bu haqda RFPL rasmiy saytida xabar qilindi.

Isroil harbiylari Misrga halokatga uchragan samolyotni qidirish ishlarida ko‘maklashdi>>

Isroil harbiylari Sinay yarimorolida halokatga uchragan Rossiya samolyotini qidirish ishlarida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Sinayda halokatga uchragan samolyot avval Livan, Turkiya va Saudiya avikompaniyalari tasarrufida bo‘lgan>>

Misrda falokatga duchor bo‘lgan Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli A320 samolyoti o‘zining birinchi parvozini bundan 18,5 yil muqaddam amalga oshirgan. Bu haqda Airfleets.net internet-portali ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

Putin 1 noyabrni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi>>

Prezident Vladimir Putin Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti sabab 1 noyabrni mamlakatda motam kuni, deb e'lon qildi. Mamlakat rahbari shu mazmundagi qarorga imzo chekdi, deb xabar qilmoqda Kreml rasmiy sayti.

Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyotining uchuvchisi El Arishga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan>>

Halokatga uchragan Rossiya layneri Airbus-321 Sinayning shimolida joylashgan El Arish shahriga favqulodda qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

OAV: Misrda falokatga uchragan samolyot havoda yonib ketgan>>

Misr OAVlari guvohlarga iqtibos keltirgan holda Sharm-al-Shayhdan Sankt-Peterburgga 9268 reysi bo‘yicha parvoz qilayotgan paytda falokatga uchragan Rossiyaning “Kogalymavia” aviakompaniyasiga tegishli Airbus 321 samolyoti qulashi oldidan havoda yonib ketgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Misrda yuz bergan falokat Rossiya aviatsiyasi tarixidagi eng yirigi bo‘ldi>>

Misrda Rossiya aviakompaniyasiga tegishli Airbus 321 samolyotining falokati halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Rossiya aviatsiyasi tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Bundan ochiq manbalardan olingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Rossiya samolyotining aviahalokatidan hech kim omon qolmadi>>

Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti yo‘lovchilari orasidan hech kim tirik qolmadi. Bu haqda Misr hukumati manbasiga asoslanib, Assoshieyted Press agentligi xabar bermoqda.

Misrda falokatga uchragan samolyotning “qora qutilari” Rossiyada o‘qiladi>>

Misrda falokatga uchragan Airbus 321 samolyotining bort yozgichlari (qora qutilari) Rossiyada o‘qiladi, deb aytdi falokat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha tezkor shtabdagi manba.

Top