14:53 / 31.10.2015
4626

TV: Misr bosh vaziri yo‘lovchi samolyoti qulagan joyga yo‘l oldi

Misr bosh vaziri Sharif Ismoil yo‘lovchi samolyoti qulagan joyga yo‘l oldi. Bu haqda Misr televideniyesi xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya yo‘lovchi samolyoti Sinay yarimoroli markazidagi Misrning Al-Arisha shahrida 100 kilometr masofadagi tog‘li hududga qulab tushgan. AFP xabariga ko‘ra, ayni paytda hodisa hududiga yetib kelgan qutqaruvchilar samolyot bo‘laklari orasidan ilk qurbonlarni chiqarib oldi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Top