13:07 / 31.10.2015
2516

Xitoyda bino qulashi oqibatida 17 nafar ishchi nobud bo‘ldi

Xitoy markazidagi ta'mirlanayotgan binolardan birining qulashi natijasida 17 nafar ishchi halok bo‘ldi, 23 nafari esa turli darajada tan jarohati oldi, deb yozmoqda Associated Press.

Xenan viloyatining Uyan uyezdi vakilining aytishicha, falokat bino poydevorini qurishda sodir bo‘lgan. Vayronalar ostidan 40 nafar kishi: jumladan, 17 nafar halok bo‘lganlar va 23 nafar jarohatlanganlar olib chiqilgan. Ma'lum bo‘lishicha, jarohat olganlarning to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda.
Bino 90-yillarda qurilgan. Falokat sabablari o‘rganilmoqda.

Top