08:22 / 01.11.2015
2658

BMT: Ukraina sharqidagi ixtilof qurbonlari soni yarashuv sulhi evaziga 55 foizga kamaydi

Ukraina sharqidagi ixtilof qurbonlari soni o‘t ochishni to‘xtatish tartibi kuchga kirgandan keyin 55 foizga kamaydi. Bu haqda BMTning insonparvarlik masalalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida aytilmoqda.

“2015 yilning sentabrida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukraina sharqida tinch aholi orasida 43 kishi halok bo‘lganini qayd qildi. Bu ko‘rsatkich joriy yilning 16 fevralidan 15 avgustigacha qayd qilingan o‘rtacha oylik ko‘rsatkich – 95 qurbondan 55 foiz kamroqni tashkil qiladi”, deyilmoqda hujjatda.

BMTda ta'kidlanishicha, Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish tartibiga “umuman olganda amal qilinmoqda”, biroq endilikda tinch aholining hayotiga minalar, portlamay qolgan snaryadlar va qo‘lbola portlovchi qurilmalar katta xavf solmoqda. Bu portlovchi qurilmalar portlashi hissasiga sentabrda halok bo‘lgan va jarohat olgan fuqarolarning 81 foizi to‘g‘ri kelgan, deyilmoqda hujjatda.

Top