16:50 / 01.11.2015
2672

Buxarestdagi tungi klubda ro‘y bergan yong‘in qurbonlari soni 29 nafarni tashkil etdi

Ruminiya poytaxti Buxarest markazidagi mashhur tungi klublardan birida 31 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qurbon bo‘lganlar soni 27 kishini tashkil etdi. Bu haqda Ruminiya IIV bosh kotibi Riyod Arafotga asoslanib, Ruminiyadagi Mediafax portali ma'lum qildi.

Bundan oldingi xabarlarda, qurbonlar soni 27 nafarligi, shuningdek 180 nafar atrofidagi kishi jarohatlangani aytilgandi.

"Shifoxonaga olib kelinganlardan ikki nafari (ikkisi ham yosh qizlar) olamdan o‘tdi. Ularning ahvoli o‘ta og‘ir edi. Ularning shaxsi tasdiqlanmagan", deydi Arafot.

30 oktabrda binoning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda bepul rok-konsert o‘tayotgan bo‘lgan. Kontsertga 400 ga yaqin yoshlar yig‘ilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, pirotexnik shou vaqtida shiftdagi penoplastdan yasalgan bezak elementlari yonib ketgan. Oqibatda kuchli tutunlanganlik boshlangan, so‘ngra portlash yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, ko‘pchilik sarosimada yagona chiqishga otilganlar va u yerda tiqilinch yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, ko‘pchilik nafas siqishdan halok bo‘lgan. Ruminiya OAVlarining ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida xorijliklar ham bo‘lgan.

IIV rahbari Oprya fojia sabablari tergov qilina boshlanganini ma'lum qildi. Ushbu fojia munosabati bilan 31 oktabrda mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toshkent vaqti bilan 11:00da) Ruminiya Vazirlar mahkamasining shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Top