07:53 / 01.11.2015
3319

Emirates aviakompaniyasi Sinay yarimoroli ustidan parvozlarni to‘xtatdi

Dunyoning eng katta aviakompaniyalaridan biri Emirates Rossiyaning A321 samolyoti Sinay yarimorolida qulashi sababli bu yarimorol ustidan parvozlarni amalga oshirishni to‘xtatdi. Rossiya samolyoti yarimorol hududi ustidan uchib o‘tayotganda falokatga uchragan. Bu haqda kompaniya vakiliga iqtibos keltirgan holda France Presse axborot agentligi ma'lum qildi.

“Emirates ayni paytda, qo‘shimcha ma'lumot paydo bo‘lmaguncha, Sinay yarimoroli ustidan parvozlarni amalga oshirmaydi. Biz voqealarni kuzatib bormoqdamiz”, deb aytdi kompaniya vakili.

Bundan avval Germaniya va Fransiyaning eng yirik aviakompaniyalari Lufthanza va Air France ham yarimorol ustidan parvozlarni to‘xtatishini ma'lum qilgandi.

Aviakompaniyalarning bunday qaror qabul qilishiga OAVlarda IShID terrorchilik guruhining go‘yoki bu falokatga aloqasi borligi va samolyotni urib tushirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Top