20:56 / 01.11.2015
10240

Iroqda IShID jangarilari lagerdan qochishga uringan 12 bolani qatl qildi

IShID jangarilari Iroqning Mosul shahrida o‘z tasarrufidagi mashg‘ulot lageridan qochib ketishga uringanida qo‘lga tushgan 12 nafar bolani qatl qildi. Bu haqda kurdlarning Rudaw telekanali ma'lum qilgan.

"Kamida 12 nafar norasida IShID g‘oyasi qurboni bo‘ldi. Ular o‘zlari majburlab jangarilikka yollangan va og‘ir mashg‘ulotlar o‘tkazgan lagerdan qochib ketmoqchi bo‘lishganida qo‘lga tushishgandi. O‘ldirilgan bolalar 12dan 16 yoshgacha edi", deb xabar qilgan Kurdiston demokratik partiyasi vakili Said Mamzuniy.

Shu yilning fevralida dunyo jamoatchiligi IShID o‘z safida yosh bolalarni ham jangarilikka tayyorlayotganidan boxabar bo‘lgandi. Internetga joylashtirilgan videolarda yosh bolalar boshliqning buyruqlari bo‘yicha qiyin mashqlarni bajarayotgani tasvirlanadi. Shuningdek, bunday jarayonlarni ifodalovchi ko‘plab suratlar tarqatilgan.

Top