14:47 / 01.11.2015
16862

Islom Karimov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bugun Samarqand shahrida mamlakatimizda ilk bor rasmiy tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashdi.

“Vashington Afg‘onistondagi vaziyat sababli Osiyo mamlakatlari xavfsizligidan xavotirini bildirmoqda. Amerika tomoni, ayniqsa IShID va “Al-Qoida” ko‘rinishida radikal ekstremizm bilan bog‘liq muammo ko‘lamini tushunadi”, - qayd etdi AQSh davlat kotibi Jon Kerri.

Shuningdek, u O‘zbekiston hukumatining Buyuk ipak yo‘li javohiri hisoblangan Samarqand shahridagi yodgorliklarni saqlash bo‘yicha olib borayotgan ishlarini yuqori baholadi.

Top