19:11 / 01.11.2015
5829

Jon Kerri: AQSh Qirg‘iziston bilan harbiy kelishuv imzolashni istaydi

AQSh ma'muriyati Qirg‘iziston bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha bitim imzolashni istaydi. Bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab rasmiy safar uyushtirgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Qirg‘iziston TIV rahbari Erlan Abdullayev bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tgan.

"Biz harbiy hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishning qaysidir bosqichida turibmiz. O‘ylaymanki, ijobiy natijaga erishamiz", deydi Kerri.

U bu borada tomonlar qaysi bosqichda turishganiga aniqlik kiritib o‘tmagan.

Kerrining ma'lum qilishicha, AQShning Bishkekdagi Manas aeroportidan doimiy foydalanishi ko‘zda tutilmagan.

Bundan tashqari, Kerri Markaziy Osiyo siyosati AQSh va Rossiya tanlovi asosida qurilmasligi kerakligi haqida aytib o‘tgan.

Top