16:24 / 01.11.2015
3395

"Kogalimavia" aviakompaniyasi A321 halokatidan tufayli parvozlarni to‘xtatmasligini ma'lum qildi

"Kogalimavia" aviakompaniyasi Airbus A321 samolyotlari belgilangan parvozlarni amalga oshirishda davom etishini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya rahbariyatidagi manbasiga asoslangan holda "Interfaks" xabar bergan.

"Biz uchishlarni to‘xtatmoqchi emasmiz. Barcha samolyotlar uchish uchun yaroqli", deydi manba.

U aviakompaniya parklaridagi barcha samolyotlar jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilishiga ishontirgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Misr vaqti bilan 6:51 da (Toshkent vaqti bilan 9:51) Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Sharm ash-Shayx — Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha 9268 reysini amalga oshirayotgan Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib radarlar ekranidan yo‘qoldi. Mazkur samolyot bortida 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, 31 oktabr kungi fojiadan keyin Emirates aviakompaniyasi Sinay yarimoroli ustidan parvozlarni to‘xtatdi.

Shuningdek, Germaniya va Fransiyaning eng yirik aviakompaniyalari Lufthanza va Air France ham yarimorol ustidan parvozlarni to‘xtatishini ma'lum qilgandi.

Aviakompaniyalarning bunday qaror qabul qilishiga OAVlarda IShID terrorchilik guruhining go‘yoki bu falokatga aloqasi borligi va samolyotni urib tushirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Top