18:54 / 01.11.2015
18982

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli xabarlari (26.10-01.11.2015)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (26.10-01.11.2015) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Yer yuzida jozibador aholiga ega mamlakatlar top-10ligi e'lon qilindi>>

Yer yuzida jozibador aholiga ega davlatlar o‘ntaligi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda, momondo sayyohlik xizmati. Ro‘yxatni tashkil etishda 15 ta mamlakatdan 15 mingga yaqin sayyoh ishtirok etgan.

Jahonda ilk bor 5G tizimi yaratilingani e'lon qilindi>>

Janubiy Koreyaning SK Telecom aloqa kompaniyasi mobil internetning beshinchi avlodi bo‘lmish 5G yaratilingani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNet.

Chimkentdagi festivalda Makkadan keltirilgan suvda osh qilgan oshpaz g‘alaba qozondi>>

Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan “Al-Akram” to‘yxonasida an'aneviy ravishda oktabr oyida o‘zbek oshpazlari o‘rtasida o‘tkaziladigan osh festivalida g‘alaba qozongan G‘ulomjon G‘aniyev taomni Makkadan keltirilgan suvda tayyorlaganini ma'lum qildi.

Tokio avtosaloni: Biz yaqin kelajakda qanday avtomobillarda yuramiz>>

44-marta bo‘lib o‘tayotgan Tokio avtosalonining birinchi kuni uning tarixidagi eng katta ko‘lamdagi avtomobillar namoyishi o‘tdi. Avtosalonda namoyish qilingan yangi avtomobillarning katta qismi kelajak avtomobillari qanday bo‘lishi haqida tasavvur beruvchi yuqori texnologik kontseptlarga to‘g‘ri keldi.

“Stiv Jobs” AQShda pul to‘play olmadi>>

Maykl Fassbender bosh rolni ijro etgan “Stiv Jobs” filmi katta ekranlarga chiqqanidan so‘ng dastlabki dam olish kunlari 7.3 mln dollar kassa qildi, deb xabar beradi Variety nashri. 23 oktabrdan namoyishi boshlangan kartina 2 ming kinoteatrda ko‘rsatilganiga qaramay, amalda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

2 oyoqli buldog internet yulduziga aylandi>>

AQShda tug‘ilgan 6 oylik Bonsay laqabli it internet yulduziga aylandi. The Daily Telegraph nashrining yozishicha, u umurtqa pog‘onasining yarmi bilan tug‘ilgan.

Velikiy Novgorodda Ginnesning rekordlari kitobiga kirish uchun ikki tonna karam tuzlashdi>>

Rossiyaning Velikiy Novgorod shahridagi restoranlardan birida ikki tonna karam tuzlashdi, deb xabar bermoqda FlashNord.

Kiyevdagi stadion direktori qora tanlilar uchun alohida tribuna tashkil qilish taklifini ma'qulladi>>

Kiyevdagi «Olimpiyskiy» sport kompleksi ijrochi direktori Vladimir Spilchenko Yevropa chempionlar ligasining «Chelsi»ga qarshi uchrashuvida qora tanli muxlislarning kaltaklanishi bo‘yicha vaziyatga izoh berib o‘tdi.

Noyabrda Misr piramidalarni kosmik nurlar bilan skanerdan o‘tkaza boshlaydi>>

2016 yildan Misr qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ochmoqchi. Shu maqsadda joriy yilning noyabridan boshlab u piramidalarni kosmik nurlar yordamida skan qilish bo‘yicha global loyiha amalga oshirila boshlanadi.

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi>>

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi.

Bill Geyts va boshqa investorlar sun'iy go‘sht va pishloq ishlab chiqarish uchun 108 mln dollar sarmoya ajratishdi>>

Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri, dunyoning eng badavlat insoni Bill Geyts, Viking Global Investors, Horizons Ventures kompaniyalari va boshqa investorlar Impossible Foods kompaniyasining sun'iy go‘sht va pishloq ishlab chiqarish loyihasiga 108 mln dollar sarmoya ajratishdi.

Londonda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan uchar avtomobil taqdim etildi>>

Slovakiyalik loyihachilar uchar avtomobillar ustida 90-yillardan beri ter to‘kib kelishadi. Uchar avtomobilning birinchi prototipi 2014 yilda taqdim etilgan edi. Bu yil esa barcha tayyorgarlikdan o‘tgan va ishlab chiqarishga tayyor “AeroMobil” haqda ma'lum qilishdi. Ushbu turkumdagi so‘nggi ishlab chiqilgan AeroMobil 3.0 Londondagi Founders Forum da namoyish etildi.

Nyu-Jyersidagi xiyobonga kelgan ayiq 1 kunni daraxt shoxlarida o‘tkazdi>>

Nyu-Jyersi shtatining Morristaun shahridagi xiyobonga kelib qolgan ayiq, daraxtga chiqib olib, jamoatchilikning e'tiborini o‘ziga qaratdi.

iPhone smartfonining barcha avlodi suvga chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazildi>>

Videobloger Zak Streli iPhone smartfonining barcha avlodini birma-bir suvda chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazdi. U ishini iPhone 2G smartfonidan boshlab iPhone 6S smartfoni bilan yakunladi. Tadqiqotchining natijalari haqda SlashGear ma'lum qildi.

“Yandeks” jurnalistlarni robotlarga almashtiradi>>

Yandeks internet-portali o‘z axborot agentligini ishga tushirmoqchi, unda yangiliklarni muxbir va jurnalistlar emas, avtomatik algoritmlar tayyorlaydi.

Xitoy navbatdagi besh yillik reja haqida maroqli videolavha orqali hikoya qilib berdi>>

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maxsus animatsion rolik yaratib, u orqali iqtisodiy rivojlanish besh yilliklarining 13-bosqichi qanchalik zarur ekanligini asoslab berishga intildi. Videolavha YouTube servisida joylashtirildi.

Avstraliya politsiyasiga uloqcha ishga olindi>>

Yetim qolgan Bokschi laqabli uloqcha Avstraliya politsiyasiga ishga olindi, deb xabar beradi Mashable portali. U Yangi Janubiy Uels politsiyasining qutqaruv operatsiyalari va bombalarni zararsizlantirish bo‘linmasi xodimi sifatida “faoliyat” yuritmoqda.

Tojikistonda ulkan qovun shakli ko‘rinishidagi choyxona qurildi>>

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan 20 km masofadagi Hisor shahrida ko‘rinishi ulkan qovunni eslatadigan choyxona ochildi.

Honda 2020 yildan haydovchisiz mashinalar chiqarishni boshlaydi>>

Yaponiyaning Honda Motor Co kompaniyasi 2020 yildan boshlab avtomatik boshqaruvdagi avtomobillarni bozorga chiqarishini ma'lum qildi. Bu haqda Kyodo News agentligi xabar bermoqda.

Video: Jurnalist yangiliklar o‘qish paytida zilzila tufayli efirni tark etishga majbur bo‘ldi>>

Afg‘onistonning Kobul shahrida faoliyat ko‘rsatadigan Ariana Television Network (ATN) telekanali xodimi yangiliklar o‘qishni boshlagan vaqtda zilzila tufayli ishini tashlab, ekrandan yo‘qoldi.

“Kassini” zondi Entselad shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi>>

28 oktabr kuni “Kassini” kosmik zondi Saturnning Entselad tabiiy yo‘ldoshining suv shleyfidan rekord darajadagi pastlikda o‘tadi. Bu haqda NASA agentligining sayti orqali xabar berildi.

AQShda "Tepki" laqabli kuchuk o‘z xo‘jayinini otib qo‘ydi>>

O‘tgan haftada Indiana shtati shimolida o‘rdak ovlab yurgan 25 yoshli Elis Karter noxush voqeaga yo‘liqdi.

AQSh politsiyasi nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin>>

Kaliforniya shtatida politsiyachilar nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Nyu-Yorkdagi restoranlarga kuchuklarni olib kirish uchun rasman ruxsat beriladi>>

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo shahar hududidagi restoranlarga veranda yoki terrasa (it zotlari) bilan kelib ovqatlanish huquqini taqdim qiluvchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda The Huffington Post xabar bergan.

Avstraliyada issiqdan lohas bo‘lgan kenguru villa ichiga kirib, hovuzda 45 daqiqa cho‘mildi>>

Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi kishilar o‘z hovlilaridagi hovuzgi tushib olgan yovvoyi kenguri haqida ma'lumot berishdi.

2100 yilga kelib ayrim davlatlarda odamlar issiqdan ko‘chaga chiqa olmay qoladi>>

Iqlimshunoslarning ta'kidlashicha, 2100 yilga kelib ayrim davlatlarda odamlar issiqdan ko‘chaga chiqa olmay qoladi. Nature Climate Change jurnalida nashr qilingan maqolada ta'kidlanishicha, havo 77 darajada isib ketishi mumkin.

Jahon yetakchilari dumli sochga ega bo‘lganida...>>

Oxirgi yillarda xipsterlar orasida turli kokilli turmaklarda yurishi chinakam moda tusiga kirmoqda. DesignCrowd ijodiy jamoasi jahonning yetakchi siyosatchilari bunday turmaklarda qanday ko‘rinishini tasavvur qilib ko‘rdilar. Ularning mehnati natijalarini quyida ko‘rishingiz mumkin.

Ostonada 80dan ortiq issiq bekatlar tashkil qilinadi>>

Qozog‘iston poytaxtida 80dan ortiq issiq bekatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Astana LRT” MChB transport direktori Rustam Xalilev bayonot berdi.

Ikki musulmon-haydovchi alkogolni yetkazib berishni istamagani uchun $ 240 000 oldi>>

AQShning Illilnoys shtatidagi transport kompaniyasida xizmat qiluvchi ikki nafar musulmon-haydovchiga buyurtmachi tomonidan alkolol mahsulotini yetkazib berish ishi topshiriladi, biroq haydovchilar e'tiqodiga zid bu ish bilan shug‘ullanmasliklarini ma'lum qilib, bunga rozi bo‘lishmaydi.

Boliviya hukumati fuqarolarni lama go‘shtini iste'mol qilishga chaqirdi>>

Boliviya Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ayrim go‘sht mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy ta'siri haqidagi xulosasini qo‘llab-quvvatladi. 

Nissan ruli yig‘ishtiriladigan elektrokar yaratdi>>

Nissan kompaniyasi Tokio avtosalonida IDS kontseptual elektron xeetchbekni taqdim etdi. Aytilishicha, prototip keyingi avlod Leaf modeliga asos bo‘lishi mumkin. Mashina yig‘ishtiriladigan rul va avtonom boshqaruv tizimiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tanlangan harakat ritmiga muvofiq o‘rindiqlar ham aylanadi.

Mercedes Z avlodi uchun miniven o‘ylab topdi>>

Mercedes-Benz kompaniyasi Vision Tokyo nomli kontseptual minivenni taqdim etdi. Aytilishicha, u Z avlodi uchun, ya'ni 1990 yillar o‘rtalarida tug‘ilgan odamlarga mo‘ljallangan.

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan smartfonini namoyish qildi>>

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan Droid Turbo 2 smartfonini ommaga taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qurilma sinmaydigan monitorli dunyodagi ilk smartfon sanaladi, deb yozmoqda kompaniya rasmiy sayti.

MasterCard gadjyetlarni planshet kartalariga aylantiradi>>

MasterCard ishga tushirgan yangi dasturdan ko‘zlangan maqsad mobil uskunani to‘lovlarni amalga oshirish vositasiga aylantirishdir, deb ta'kidlaydi The Verge.

Ulug‘bek Qodirov kino bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni aytdi>>

Kinoaktyor suratga tushirilayotgan kartina bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni, aks holda rol ishonarli chiqmasligini ta'kidladi. Uning bu so‘zlari “Darakchi” gazetasiga berilgan intervyusida keltirildi.

Google shu yildan boshlab Indoneziya bo‘ylab havo sharida internet tarqatishni boshlaydi>>

Google kompaniyasi o‘zining rasmiy blogida Project Loom deb nomlangan internet tarqatuvchi tizim haqda ma'lum qilgan. Unga ko‘ra ushbu tizim havoning stratosfera qatlamigacha balandlikka ko‘tarilib boruvchi havo shariga o‘rnatiladi. 

Endilikda Wi-Fi orqali devor ortidagi odamni ko‘rish mumkin bo‘ldi>>

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari Wi-Fi orqali devor ortida turgan odamni aniqlaydigan tizim yaratishdi, deb xabar bermoqda The Verge.

“Toyota” Alphard minivenini kabrioletga aylantirdi>>

Tokioda o‘tayotgan avtosalonda Toyota kompaniyasi Alphard – Hercule minivenining kontsept versiyasini namoyish etdi. Prototip “lando”ga o‘xshash kuzov va harakatlanuvchi tom qismiga ega bo‘lgan.

«O‘zavtosanoat» gm-uzbekistan.com domenini 45 mln so‘m evaziga sotib olishni istamadi>>

"Podrobno.uz" saytida gm-uzbekistan.com domeni egalari «O‘zavtosanoat» kompaniyasi bilan aloqaga chiqib, domenni 45 mln so‘mga sotib olishni taklif qilishgani haqida xabar berildi.

Mutko: Alisher Usmonov Yevro-2016ga chiqqan Rossiya terma jamoasining mukofot pullarini to‘lab beradi>>

USM Holdings rahbari, milliarder Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy va futbolchilarga Yevro-2016 saralashidan muvaffaqiyatli o‘tganlik uchun to‘lanadigan mukofot pulini to‘lashda yordam ko‘rsatadi. 

Rossiyaning eng mashhur jurnalistlar juftligi ajrashmoqda>>

Rossiya TVsining eng mashhur juftligini tashkil qiluvchi 43 yoshli teleboshlovchi Iroda Zeynalova va 52 yoshli jurnalist Aleksey Samolyotovlar ajrashmoqchi.

Sayyohlar guruhidan ajralib qolgan sayyoh olti kun deganda uyiga qaytdi>>

Pekinda sayyohlik guruhidan ajralib qolgan 73 yoshli xitoylik olti kun deganda yayov yurib, uyiga qaytdi, deb ma'lum qilmoqda The South China Morning Post.

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Jahondagi eng yomon shaharlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

Aqshning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalaridan biri, inson resurslari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi ORC Worldwide kompaniyasi BusinessWeek nashri uchun 20 ta eng yomon shahar ro‘yxatini e'lon qildi.

Berlindagi Yahudiylar muzeyida Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba topildi>>

Berlin hukumati shahardagi Yahudiylar muzeyini vaqtinchalik yopishga ko‘rsatma berdi. Bunga muzey hududidan Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba aniqlangani sabab bo‘ldi.

Dunyoning eng yaxshi restoranidagi joylar 4 daqiqa ichida sotilib ketdi>>

Noma Sydney restoranining bo‘sh joylari 4 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi News.com.au portali. Noma Sydney Daniyaning Noma restoranining Avstraliyadagi filiali bo‘lib, uni mashhur oshpaz Rene Redzepi boshqaradi.

Olimlar ayollar 26 dan 30 gacha yoshda farzand tug‘ishlari ularning hayotini uzaytirishini aniqlashdi>>

Olimlar ayollarning birinchi farzand ko‘rish yoshlari va ular hayotining davomiyligi o‘rtasida o‘zaro aloqa borligini aniqlashdi: ularning ta'kidlashicha, 26 dan 30 gacha yoshda ona bo‘lgan ayollar qolgan ayollarga nisbatan uzoqroq yashar ekanlar.

Urugvay prezidenti samolyot bortida bir qizni qutqarib qoldi>>

Urugvay prezidenti Tabare Vaskes Parijga ketayotganida samolyot bortida mazasi qochib qolgan 17 yoshli fransuz qizni qutqarib qoldi. 

Jasur Umirov “Instagram”dagi suratlari sababli “O‘zbeknavo” tomonidan ogohlantirildi>>

O‘zbek estradasi vakillaridan biri Jasur Umirov “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga oyoqlarini ma'murining tizzasi ustiga qo‘ygan holda tushgan suratini e'lon qilgani, mazkur foto ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgani sababli “O‘zbeknavo” estarada birlashmasi tomonidan ogohlantirildi.

Yil boshidan buyon 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi>>

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotgani yoki milliy mentalitetimizga mos kelmasligi sababli 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi.

iPhone 6s smartfoni sotuvga chiqqanidan bir oy bo‘lmay, "xitoycha" nusxaga ega bo‘ldi>>

Apple kompaniyasining so‘nggi flagmani – iPhone 6s ommaga taqdim etilganidan bir oy o‘tib, uning “xitoycha” nusxasi ham tarqab ulgurdi. Ushbu nusxani rasmiy 649 dollardan 17 barobar arzon narxda sotib olish mumkin. 

Google 2017 yilga qadar Android va Chrome OS operatsion tizimlarini birlashtirmoqchi>>

Google kompaniyasi 2017 yilga qadar Chrome OS va Android operatsion tizimlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Maradona 55 yoshda. Futbol va futbolchiga xos bo‘lmagan hayot>>

Bugun, 30 oktabr kuni argentinalik sobiq futbolchi va Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Armando Maradona 55 yoshini nishonlamoqda.

NASA Yerga qarab kelayotgan gigant asteroid suratini namoyish qildi>>

Olimlar Yerga tomon kelayotgan 2015 TB145 gigant asteroidining ilk suratlarini namoyish qildilar. Bu obekt AQShning Gavayidagi Pan-STARRS avtomatik tizimi tomonidan ochilgan. 

Eng xavfsiz samolyotlar reytingi>>

Tez-tez sodir bo‘latgan aviahalokatlarni hisobga olib, o‘quvchilarimizga eng ishonchli va xavfsiz yo‘lovchi samolyotlar ro‘yxatini nashr etmoqdamiz. Qo‘rqmasdan uching!

Qozog‘istonda dollarda millioner bo‘lgan kishining hayot tarzi>>

Bloger va fotograf Sergey Anashkevich Qozog‘istonda haqiqiy dollardagi millioner bilan tanishdi. Uning ismi cho‘pon Damir.

Norvegiyalik ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi>>

Norvegiyalik Goran Olsen Xaukeli qishlog‘iga safari davomida ming yillik tarixga ega vikinglar qilichini topib oldi, deb yozmoqda The Huffington Post.

Sayyoradagi eng quruq cho‘l gullar bilan qoplandi>>

Shimoliy Amerikada xavfli bo‘ronlar, toshqinlar va ko‘chkilar olib keluvchi El-Nino hodisasi Chili qirg‘oqlaridan birida doim qaqrab yotuvchi Atakama cho‘liga kutilmaganda o‘zgacha manzara kashf etdi. 

Avstraliyalik baliqchi o‘z qayig‘ida timsohning o‘ljasiga aylandi>>

Avstraliyaning shimolida o‘tgan yili o‘z qayig‘ida timsoh o‘ljasiga aylangan baliqchi 62 yoshli Bill Skott o‘limi bilan ochilgan tekshiruv ishlari o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda CBS News.

Yo‘lovchi o‘ziga o‘xshash kishini tasodifan samolyot bortida uchratib qoldi>>

Aviayo‘lovchi tasodifan o‘ziga o‘xshash kishini samolyot bortida uchratib qoldi, deb xabar bermoqda Mirror. Gazetaning ma'lum qilishicha, erkaklar bundan oldin bir-birlari bilan tanish bo‘lishmagan. Ularni yonma-yon o‘tqazib qo‘yishgan. 

IKEA rahbari 42 yil ichida ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi>>

IKEA kompaniyasi asoschisi 89 yoshli Ingvar Kamprad 1973 yildan buyon ilk bor Shvetsiyaga daromad solig‘ini to‘ladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

G‘arb yulduzlarini qiynab qo‘ygan 58 harf>>

Mashable nashri mashhur aktyor va aktrisalarning oldiga qiyin vazifa qo‘ydi — ular Uelsdagi nomi eng uzun shaharning so‘zlarini o‘qishlari lozim edi.

SOPDS kompaniyasi "Al Sajjada" nomli innovatsion joynamoz loyihasini ishlab chiqdi>>

SOPDS (Soner Ozenc Product Design Studio) kompaniyasi "Al Sajjada" (EL Sajjadah) nomli innovatsion gilamcha, ya'ni musulmonlar uchun joynamoz loyihasini ishlab chiqdi.

Tokio avtosaloni: Motor-shouning asosiy taqdimotlari>>

20 oktabr kuni Tokioda ochilgan 44-xalqaro ko‘rgazmada mitti krossoverlar, vodorodli avtomobillar, g‘aroyib kabrioletlar, kelajak avtomobillari, gibrid mashinalar, xetchbeklar, yuk mashinalari, elektrokarlar, sportkarlardan iborat eng qiziqarli va g‘aroyib konstruksiyalar namoyish etildi.

Top