20:25 / 01.11.2015
3404

OAV: Eron aviakompaniyalari 13 ta Boeing 737 samolyoti sotib oldi

Eron aviakompaniyalari 13 ta Boeing 737 samolyoti sotib oldi. Bu haqda 1 noyabrda Press TV telekanali ma'lum qildi.

“Eron aviakompaniyalari o‘zining fuqarolik aviatsiyasi flotini to‘ldirish maqsadida 13 ta tor fyuzelyajli Boeing 737 samolyoti sotib oldi. Sotib olingan 2 ta samolyot Eronga 2 noyabrda olib kelinadi. Boeing 737-S modifikatsiyasidagi 8 ta samolyotdan 2 tasi yaqinda tashkil etilgan Nasim Air aviakompaniyasi tomonidan sotib olindi”, deyilmoqda xabarda.

Eronning Caspian Airline aviakompaniyasi uchta va Aseman Airlines aviakompaniyasi mahalliy avialiniyalar uchun yana ikkita 150 o‘rinli samolyot sotib oldi.

Bundan tashqari, Eronda eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lgan Mahan Air Britaniyada ishlab chiqarilgan Avro RJ samolyoti sotib oldi. Bu samolyot 30 oktabrda olib kelindi.

The Fars News Agency agentligining ta'kidlashicha, barcha sotib olingan laynerlar 15 yildan kattaroq yoshga ega, biroq xaridorlar modellarni tanlashda ishlab chiqaruvchi kompaniya ehtiyot qismlarni yetkazib bera olishi-olmasligidan kelib chiqqan.

Eron agentligining ma'lum qilishicha, samolyotlarni sotib olgan Eron aviakompaniyalaridan birortasi AQShning Eronga kiritgan sanksiyalariga ko‘ra bitimlar tuzish taqiqlangan kompaniyalar ro‘yxatiga kirmaydi. Jumladan, sanksiyalar kiritilishi sababli aviakompaniyalar ehtiyot qismlar va yangi samolyotlar sotib ololmagani uchun Eron samolyotlari ishtirokida ko‘plab noxush voqealar va jumladan odamlar o‘limiga olib kelgan falokatlar sodir bo‘lgan.

Top