07:41 / 01.11.2015
8366

OAV: falokatga uchragan Airbus 321 samolyoti uchuvchisi parvozdan oldin samolyotning holatidan shikoyat qilgan

Misrda falokatga uchragan Rossiya samolyoti ikkinchi uchuvchisi Sergey Truxachyovning sobiq rafiqasi Natalya Truxachyova uchuvchi parvoz oldidan samolyotning texnik holatidan shikoyat qilganini ma'lum qildi. U bu haqda “NTV” telekanali efirida aytib o‘tdi

“Katta qizim sobiq erim uchishidan oldin u bilan telefon orqali suhbatlashgan. U parvoz oldidan samolyotning texnik holati uncha ham yaxshi emasligidan shikoyat qilgan”, deb aytdi ayol.

Avvalroq layner texnik nosozlik sababli qulagani ma'lum qilingandi. Misrning aeroportlar bo‘yicha kompaniyasi boshlig‘i Odil Maxg‘ub samolyot aeroportda zaruriy texnik tekshiruvdan o‘tganini ta'kidlamoqda.

Sharm-ash-Shayh kurort shahridan Sankt-Peterburgga uchib ketayotgan Metrojet (“Kogalymavia”) kompaniyasining samolyoti havoga ko‘tarilgandan keyin 24 daqiqa o‘tib falokatga uchragan. Bu vaqtgacha samolyot 9 ming metr balandlikka qo‘tarilishga ulgurgan. Samolyot bortidagi barcha 224 kishi halok bo‘lgan.

Top