23:20 / 01.11.2015
3880

Putin va Kemeron G20 sammitida uchrashmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Turkiyada bo‘lib o‘tadigan “katta yigirmatalik” (G20) sammitida uchrashmoqchilar, deb xabar bermoqda Kemeron matbuot xizmati.

Britaniya bosh vaziri Putin bilan telefon suhbati davomida Rossiya samolyotining Misrda falokatga uchrashi yuzasidan hamdardlik bildirdi.

G20 sammiti Antaliyada 15-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq G20 sammitiga AQSh prezidenti Barak Obama ham kelishi ma'lum qilingandi.

Top