07:22 / 01.11.2015
3341

Rossiya Davlat dumasi vakili rossiyalik aviatashuvchilar sonini uchtagacha kamaytirishni taklif qildi

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov Rossiyada aviatashuvchilar sonini ikkita yoki uchtagacha kamaytirishni taklif qildi. U bu haqda “Russkaya slujba novostey” efirida aytdi.

Pushkovning fikricha, “aviatsiya davlat aralashishi kerak bo‘lgan sohadir”. Uning ta'kidlashicha, qoldiriladigan kompaniyalar xususiy va davlat ishtirokida yaratilgan kompaniyalar bo‘lishi ham mumkin.

“Men shunga ahamiyat berdimki, oxirgi 50 yil davomida yuz bergan aviafalokatlar qoida bo‘yicha o‘rtamiyona kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular charter reys uchun berilgan 5-10 ta samolyotga ega kichkina firmalardir. Kompaniyalar shu tariqa kam xarajat qilib, maksimal foyda ko‘rishgan”, deb aytdi Pushkov. Uning aytishicha, bunday chora taqdim qilinayotgan xizmatlar sifatini, shu jumladan parvozlar xavfsizligini oshiradi.

Hozirda Rossiyada mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi 40 dan ortiq aviakompaniya bo‘lib, ulardan “Aeroflot”, “YuTeyr”, “Sibir (S7 Airlines)” va “Rossiya (Rossiya Airlines)” aviakompaniyalari eng yiriklari hisoblanadi.

Top