15:28 / 01.11.2015
2547

Sindzo Abe: Janubiy Koreya va XXR bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim

Yaponiya bosh vaziri Shinjzo Abe 1 noyabr kuni Seulda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe, XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan ishtirokida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammit chog‘ida davlatlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda muzokaralar va hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

“Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik sari yangi qadamni tashladik. Biz uch mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashni istar edik”, - deya yapon bosh vaziri so‘zlaridan iqtibos keltirdi Kiodo agentligi.

“Har uchala davlat - Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy mintaqada tinchlik va taraqqiyot uchun yuqori darajadagi javobgarlikni namoyish etishdi. Biz endi davlatlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda muzokaralar va hamkorlikni mustahkamlashimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Shindzo Abe.

1 noyabr kuni kechqurun Shindzo Abe, Pak Xin Xe va Li Ketsyanning uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikdagi qarori qabul qilinishi kutilmoqda.

Top